1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Cobalt 3 kishini urib yubordi

Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan.

Toshkentda Cobalt 3 kishini urib yubordi

 

Toshkent shahrining Bektemir tumanida 28 may kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Avtohalokat soat 21:30 larda Bektemir tumani Bektemir yo‘li ko‘chasida yuz bergan. 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan Vaz-2105 rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodalarni urib yuborgan.

 

YTH oqibatida 2 nafar piyoda hamda Cobalt haydovchisiga tan jarohati olganligi sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq 1997 yilda tug‘ilgan piyoda A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика