Toshkent shahrining Sergeli tumanida 14 aprel kuni ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa soat 22:20 larda Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida yuz bergan. 1996 yilda tug‘ilgan S.D. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, 1989 yilda tug‘ilgan S.P. boshqaruvidagi harakatsiz to‘xtab turgan MAN rusumli yuk mashinasining tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.


