Hodisa bugun, 2 sentyabr kuni 17:10 larda Sergeli tumani TXAY ko‘chasida yuz bergan. 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan Damas bilan to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida haydovchilar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda shifokorlar nazorati ostida.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


