1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Dubay shokoladi zamburug‘ va bakteriyalar topildi

Bu bo‘yicha shokolad namunalari laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi.

Toshkentda Dubay shokoladi zamburug‘ va bakteriyalar topildi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Eco bozor‘ning Beruniy filiali savdo nuqtalarida sotilayotgan “Fix dessert chocolatier” brendi ostidagi Dubay shokolad mahsulotlari ustida nazorat xaridi amalga oshirildi. Bu haqida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar qildi.

 

Tanlab olingan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida “O‘zTest” DM sinov laboratoriyasiga topshirildi.

 

Bayonnoma natijasiga ko‘ra quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi:

 

— Mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar (MAFAM), shuningdek, achitqi zamburug‘larning yuqori darajadagi mavjudligi;

 

— Koli guruhidagi bakteriyalar (BGKP) va “Salmonella 25 g” bakteriyasining mavjudligi, bu esa meʼyoriy hujjatlarda qatʼiyan taqiqlangan;

 

Qayd etilishicha, bunday ko‘rsatkichlar inson salomatligi uchun xavfli bo‘lib, ayniqsa allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Shuningdek, mahsulotning tashqi ko‘rinishi ham texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, UzTR.490-022:2017-sonli “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentning tegishli bandlari talablari buzilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика