1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov boshqa sportchi tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi

Toshkent shahrida qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Rasulov boshqa sportchi, Sh. T. tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda “Daryo” o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi.

Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov boshqa sportchi tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi

 

 

Bosh prokuratura matbuot kotibining bergan maʼlumotiga ko‘ra, 13 sentyabr kuni soat 21:30 da fuqaro Sh.T. tanishi Kamoliddin Rasulovga qo‘ng‘iroq qilib, undan xarid qilib olgan vitaminini tavsiyasiga ko‘ra isteʼmol qilgani natijasida sog‘lig‘i yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirganini aytib, uni uyi oldiga chaqirgan.

 

Ular ko‘rishgach, o‘zaro janjallashib qolib, Sh.T. yonida olib chiqqan oshxona pichog‘i bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

 

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, Sh.T. protsessual tartibda ushlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning avtohalokatga uchrab vafot etgandi. Shuningdek, sportchi Elbek Rahimovning o‘limi tafsilotlari ochiqlangani hamda Qarshida ommaviy janjal oqibatida  bir guruh yoshlar 19 yoshli sportchini pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzib, yaralagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика