1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda er-xotin o‘rtasida “KIA K5” ikkiga bo‘lindi

Ijro harakatlari davomida umumiy mulkdan ayolga yarmi undirib berildi.

Toshkentda er-xotin o‘rtasida “KIA K5” ikkiga bo‘lindi

Majburiy ijro byurosi M.Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 16.07.2025 yildagi ijro varaqasi asosida ijro harakatlari olib borildi.

 

Sud qaroriga muvofiq, qarzdor D.A.dan undiruvchi E.A. foydasiga “KIA K-5” rusumli avtotransport vositasidan ½ ulushi, yaʼni 98.561.690 so‘m pul mablag‘i undirish belgilangan.

 

Avtotransport vositasi qarzdor va undiruvchining nikoh davrida sotib olingan bo‘lib, tomonlarning umumiy mulki hisoblangan. Bu holatda undiruvchi ayolning huquqini taʼminlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, umumiy mulkdan undiruvchi ayolga yarmi undirib berildi, yaʼni ijro hujjatida belgilangan miqdor qonuniy ravishda taʼminlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика