1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda erkak “quloqlikda” ayblanib, "samosud" qilindi

Holat yuzasidan shahar IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Toshkentda erkak “quloqlikda” ayblanib, "samosud" qilindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar boshqa fuqarolar tomonidan “samosud” qilinayotgani aks etgan videolar tarqalgandi.

 

Aniqlanishicha, holatlardan biri joriy yilning 20 mart kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. 

 

Bir nechta fuqarolar 1997-yilda tug‘ilgan L.F.ni do‘kon xodimlari xarid qilingan mahsulot uchun to‘lov chekini bermaganligi bo‘yicha maʼlumotlarni soliq idoralariga berayotganlikda ayblashgan. So‘ng fuqarolar 5 nafar fuqaro L.F.ni turli so‘zlar bilan haqoratlab, shovqin ko‘tarib jamoat tartibini buzishgan.

 

Bundan tashqari, 18-mart kuni Bektemir tumanida 1990-yilda tug‘ilgan P.S. va 1991-yilda tug‘ilgan K.F. 2003-yilda tug‘ilgan A.R.ning do‘konlariga xaridor sifatida kirib, do‘kon xodimlarini xarid qilingan mahsulot uchun to‘lov chekini bermasdan ushbu do‘konlarning QR kodini skaner qilib “Soliq hamkor” sahifasiga yuborgani uchun turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

 

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 41-modda (Haqorat qilish), 183-modda (Mayda bezorilik), 200-modda (O‘zboshimchalik)lari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика