Bugun, 11 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida erkak bino tomida tok urishi oqibatida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, provayder montajchisi (marhum) buyurtma asosida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga kelgan. U bino tomiga chiqib Wi-Fi tarmog‘ini o‘rnatmoqchi bo‘lganda, tok urishi oqibatida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


