1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda erkak uch yashar bolani qasddan o‘ldirdi

Hozirda holat bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda

Toshkentda erkak uch yashar bolani qasddan o‘ldirdi

 

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 9-iyul kuni Yashnobod tumani, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayoli bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola esa shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика