1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda fuqaro 10 metrlik chuqurga tushib ketdi

Bu haqida FVV Matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda fuqaro 10 metrlik chuqurga tushib ketdi

 

Joriy yilning 5-yanvar kuni soat 13:58 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Boyqo‘rg‘on mahallasi Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi uylarning birida fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan. Bu haqida FVV Matbuot xizmati xabar qildi.

 

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng fuqaroga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

"Fuqaro yengil tan jarohati olgan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli yaxshi",- deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика