Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 19.11.2025 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Sh.L.dan undiruvchi “Hamkorbank” foydasiga 33 617 050 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Qarzdor 15 kunlik ixtiyoriy muddatda qarzini bartaraf etmagani bois, unga tegishli qiymati 400 mln so‘mlik “BYD” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda avtotransport vositasini “e-auksion” elektron platformada sotuvga chiqarish choralari amalga oshirilmoqda.


