Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.K.ga tegishli xonadonni go‘yoki vafot etgan otasi T.K.ga tegishli ekanligi haqida soxta hujjatlar tayyorlagan. Shundan ushbu xonadonni o‘zlariga meros sifatida rasmiylashtirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


