Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 4-iyul kuni 19:30 larda Chilonzor tumanidagi savdo markazlarining birida oldindan tanish bo‘lgan 20 yoshli A.O. hamda 34 yoshli F.U. qarz masalasida janjallashib ketgan. Ularning janjaliga 2007-yilda tug‘ilgan F.O. aralashib, bir-birini qo‘l va oyoqlari bilan urgan. Zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan PPX xodimlari janjalni to‘xtatishgan. Tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


