Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida bir qator tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, “S.B.” MCHJ rahbari va boshqalar 14 nafar fuqaroga Toshkent shahri va viloyatidan kreditga uy olib berishni vaʼda qilib, soxta shartnomalar tuzish orqali ularning 1,9 mlrd so‘m va 18 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


