1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda fuqaronlardan qurol so‘ragan shaxs shifoxonaga joylashtirildi

20 yoshli yigit telefonidan qurol suratini ko‘rsatgan va uni qayerdan sotib olish haqida so‘ragan.

Toshkentda fuqaronlardan qurol so‘ragan shaxs shifoxonaga joylashtirildi

 

14-fevral kuni Toshkent shahrida atrofdagilarga o‘zining mobil telefoni orqali qurol suratini ko‘rsatib, uni qayerdan sotib olish mumkinligini so‘ragan fuqaroga nisbatan tezkor chora ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan S. M. atrofdagilarga qurol suratini ko‘rsatgan va sotib olish imkoniyati haqida so‘ragan. Voqeadan so‘ng u hodisa joyini tark etgan.

 

Holat yuzasidan Mirobod tuman IIB organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida S. M. shaxsining ruhiy nosog‘lomligi aniqlanib, u ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

 

Tergov yakunida qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика