1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda haydovchi ikkita avtobus orasida qolib ketib, halok bo‘ldi

Avtobus haydovchisi temir yo‘l kesishmasida to‘xtab turgan avtobusdan qo‘l tormozini tortmasdan tushib, uning oldiga o‘tgan.

Toshkentda haydovchi ikkita avtobus orasida qolib ketib, halok bo‘ldi

 

 

Bugun, 20-dekabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ikki avtobus orasida qolib ketgan 37 yoshli haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, soat 16:56 atrofida Xonobod ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasida 55-yo‘nalishda harakatlanayotgan YUTONG CNG rusumli avtobus poyezd o‘tayotgani sababli to‘xtab turgan. Uning ortidan yana bir YUTONG CNG avtobusi ham to‘xtagan.

 

Orqadagi avtobus haydovchisi transport vositasini qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushib, avtobus oldiga o‘tgan. Shu vaqtda avtobus o‘z inersiyasi bilan oldinga yurib ketib, haydovchini oldinda turgan avtobus bilan oraliqda siqib qo‘ygan.

 

Oqibatda haydovchi olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa haydovchining ehtiyotsizligi tufayli yuz bergan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика