1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda haydovchi va fuqarolar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar ushlangan.

Toshkentda haydovchi va fuqarolar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi va bir nechta shaxslar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

 

Joriy yilning 9-fevral kuni Uchtepa tumani, Yusuf Sakkokiy mahallasi hududida 2001-yilda tug‘ilgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi N. A. (yo‘lovchisi – 2005-yilda tug‘ilgan X. N.) hamda fuqarolar: 1993-yilda tug‘ilgan S. S., 1990-yilda tug‘ilgan O. S., 2006-yilda tug‘ilgan S. A. va 2008-yilda tug‘ilgan A.A. o‘rtasida tortishuv yuzaga kelib, o‘zaro janjal kelib chiqqan.

 

Aniqlanishicha, janjal vaqtida yuk avtomashinasi yo‘lovchisi X.N. temir jism bilan fuqaro O. S. ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика