1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Jabrlanuvchining onasi oilasiga tahdid qilingani aytmoqda

Toshkentda ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

 

Toshkent shahrida ichki ishlar xodimi 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Nemolchi” loyihasi xabar berdi. Qizning onasining aytishicha, voqea joriy yilning may oyi oxirida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

 

Xabarda aytilishicha, 13 yoshli qiz dugonasi bilan ko‘chada ketayotganida qo‘shnisi dugonasining mashinasiga o‘tirib, unga sayr qilishni taklif qiladi. Shundan so‘ng qiz mashinaga o‘tirgan va uni nomaʼlum tomonga olib ketib, zo‘rlashgan.
 

Natijada voqeadan xabar topgan jabrlanuvchining oila aʼzolari ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Gumonlanuvchi Toshkent shahrida ishlovchi IIO xodimi ekanligi aytilmoqda.

 

Shuningdek, jabrlanuvchining onasiga ko‘ra, gumonlanuvchi uning oilasiga bir necha bor tahdid qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика