1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda IHT sammiti boshlanmoqda

Bugun delegatsiyalar Toshkentga tashrif buyuradi.

Toshkentda IHT sammiti boshlanmoqda

 

Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda.

 

Sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.

 

Bugun, 8 noyabr kuni delegatsiyalar Toshkentga kela boshlaydi. Prezident ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, bugunga Qirg‘iziston, Turkiya Prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

 

Ertaga, 9 noyabr kuni oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика