1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi “kvartira”da kimyogar talabalar narkolaboratoriya tashkil etdi

Ijarada yashovchi 22 yoshli yigit va 18 yoshli qiz sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlab kelgan.

Toshkentdagi “kvartira”da kimyogar talabalar narkolaboratoriya tashkil etdi

 

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgani natijasida 2007-yilda tug‘ilgan qiz va 2003-yilda tug‘ilgan talaba yigit ijarada yashaydigan xonadonda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur shaxslar 2025-yil sentabr oyidan buyon Telegram orqali narko do‘kon kuratrlari topshiriqlari asosida sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlab kelgan. Tezkor tadbirda laboratoriyadan 1 kg mefedron va unda qo‘llangan asbob-uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Qo‘lga olingan talaba yigitning mobil telefonidan olingan geolokatsiya maʼlumotlari orqali Yangihayot tumanidagi dala maydonida “zakladka” usulida ko‘mib qo‘yilgan yana 1 kg sintetik giyohvandlik vositalari topilgan. Davom ettirilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri hududidagi sintetik giyohvandlik vositalari tarqatilishida ishtirok etgan 9 nafar zakladchik ham ushlangan. Ularning uch nafari poytaxtning nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabalari bo‘lgan. Qolgan 6 nafar shaxs orasida oilaviy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotganlar ham bor.

 

Tezkor tadbirlar natijasida umumiy 2 kg sintetik giyohvandlik vositalari (10 ming dozaga teng) tarqalishi oldi olindi.

 

Hozirda ushbu jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика