1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda jurnalistga qo‘pol muomala qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Jurnalist aholi murojaatini o‘rganayotgan bo‘lgan.

Toshkentda jurnalistga qo‘pol muomala qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

 

“MY5” telekanali jurnalistiga qo‘pol muomala qilgan shaxsga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Qayd etilishicha, 5-iyun kuni ochiq sud majlisida Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi murojaatini o‘rganayotgan jurnalistni haqorat qilgan 1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan M. Y. ga oid maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. 

 

Unga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining tegishli qarori bilan M. Y. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика