1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda KIA poyga o‘ynab, piyodani urib yubordi — video

Avtohalokat oqibatida 27 yoshli piyoda vafot etdi.

Toshkentda KIA poyga o‘ynab, piyodani urib yubordi — video

Ijtimoiy tarmoqda avtomashina ustaxonasi qarshisida ikki avtomobil poyga o‘ynagani, ulardan biri shu yerda turgan fuqaroning urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa yuzasidan maʼlumot berdi. 

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 may kuni soat 17:00 larda Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi Avtotuning ustaxonasi qarshisida haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan A.X. KIA Stringer rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1997 yilda tug‘ilgan D.K.ni urib yuborgan.

 

YTH natijasida, piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Ammo, vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

Qo‘shimcha maʼlumot: Toshkentdagi poygada AutoTuning_uz asoschisi 27 yoshli Doniyor vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda uning do‘stlari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida videolar joylashtirdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, avtohalokatdan so‘ng, marhum Chilonzor tumanidagi 16-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика