1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ko‘p qavatli uyning asosiy tayanch devori buzilgani aniqlandi

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyning asosiy tayanch devori buzilgani aniqlandi

 

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uy murojaatga asosan tekshirildi.

 

Tekshiruv davomida mulkdor tomonidan binoning asosiy tayanch devori buzilib, yangi eshik ochilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat binoning seysmik barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli jiddiy hisoblanadi.

 

Holat yuzasidan MJtKning 159-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va 15 kun muddatda devorni avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy yozma ko‘rsatma berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика