Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga asosan bank foydasiga qarzdor M.I.dan kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdorga bir necha bor ogohlantirish berilganiga qaramasdan, u qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bosh tortgan, shuningdek o‘ziga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashinani xatlashdan yashirib kelgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mazkur avtomashina Jizzax shahri hududida harakatlangan vaqtida aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida ushbu avtomashina auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ hisobidan mavjud kredit qarzdorligi qoplanishi rejalashtirilmoqda.


