Joriy yilning 15-fevral kuni soat 18:00 atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi TXAY–Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1969-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili va shu yo‘nalishda harakatlanayotgan 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi velosiped o‘zaro to‘qnashgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


