Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, hodisa 2024 yil 11 yanvar kuni soat 09:00 larda Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani Axmad Yugnakiy ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Gentra haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Lada Vesta rusumli avtomashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Natijada, Lada Vesta transport vositasi ag‘darilib ketgan.
"Yo‘l transport hodisa natijasida tan jarohati olganlar yuq. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.


