Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 19 may kuni soat taxminan 04:00 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli va TXAY ko‘chalari kesishmasida joylashgan kúprik ostida davlat raqami 01 V 010 LB bo‘lgan “Lacetti” hamda davlat raqami 01 G 179 NB bo‘lgan “Captiva” rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Транспорт “Captiva” vositasini boshqargan noma'lum shaxs voqea joyidan yashiringan.
Maʼlumot berilishicha, davlat raqami 01 G 179 NB bo‘lgan “Captiva” transport vositasi 1982 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro M.B.ga tegishli bo‘lib, hozirda surishtiruv organlaridan yashiringanligi sababli, fuqaroga nisbatan mahalliy qidiruv eʼlon qilingan. YTHga uchragan transport vositasini ham topish choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilmoqda.


