1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimiga bo‘ysunmasdan qochib ketdi

To‘xtatilganida haydovchi takroran bo‘ysunmasdan qarama-qarshi harakatlangan

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimiga bo‘ysunmasdan qochib ketdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimiga bo‘ysinmay harakat qilib qochib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Zamon.uz muhbiri Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov bilan bog‘landi.

Maʼlum bo‘lishicha, voqea 28 iyun kuni soat tahminan 17:25 larda sodir bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasida Toshkent shahar YHXB YPXB maxsus dvizion 2-safarbar guruhi YPX inspektori kichik serjant Tuklibayev Sherali xizmat olib borayotgan vaqtda, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movaraunnaxr ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan “Lasetti” rusumli davlat raqami 01 V 508 QA bo‘lgan transport vositasini boshqarib bo‘ysunmasdan harakatlangan haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan O.Bayaliyevni to‘xtatilganida haydovchi takroran bo‘ysunmasdan qarama-qarshi harakatlangan.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida haydovchi to‘xtatilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 126, 128-moddasi 3-qismi, 135 hamda 194-moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilganligi uchun UZ-20 seriyali 01-344091 raqamli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, MJtKning 291-moddasi (a) bandiga ko‘ra avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Munojat Valiyeva

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика