Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda 1953 yilda tug‘ilgan S.K. va 1960 yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborgan. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxt poyasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


