Bugun, 27 dekabr kuni Yangihayot tumani “Yangi umid” MFY hududida harakatsiz turgan Lacetti rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


