1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Li va BYD ishtirokidagi YTH bo‘yicha sud qarori bekor qilindi

Apellyatsiya sudi ish to‘liq o‘rganilmaganini aniqlab, materiallarni qo‘shimcha tekshiruvga qaytardi.

Toshkentda Li va BYD ishtirokidagi YTH bo‘yicha sud qarori bekor qilindi

 

 

Toshkent shahrida Li va BYD avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan chiqarilgan sud qarori apellyatsiya instansiyasi tomonidan bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasida yuz bergan mazkur YTH bo‘yicha ma’muriy ish apellyatsiya instansiyasida mazmunan qayta ko‘rib chiqilgan. Sud jarayonida tomonlarning vajlari o‘rganilib, dastlabki surishtiruv ishlari to‘liq o‘tkazilmagani aniqlangan.

 

Sudlov hay’ati ushbu kamchiliklarni sud jarayonida bartaraf etish imkoni yo‘qligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilishga qaror qildi. Ish materiallari qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun tegishli organga yuborildi.

 

Shuningdek, mazkur qarordan norozi tomonlar belgilangan tartibda yuqori instansiyaga shikoyat qilish huquqiga ega ekani bildirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘l-transport hodisasi 2025-yil 30-sentyabr kuni sodir bo‘lgan. 2025-yil 23-dekabr kuni birinchi instansiya sudi BYD haydovchisini avariya aybdori deb topgan edi.

 

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, ekspertlar avariya vaqtida Li avtomobilining tezligini aniq belgilash imkoni bo‘lmaganini bildirgan. BYD haydovchisi esa sud qarori haqida kech xabardor bo‘lganini va uni adolatsiz deb hisoblashini aytib, qaror ustidan shikoyat kiritgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика