1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashdi

Janjal oqibatida tan jarohati olganlar bor.

Toshkentda maktab o‘quvchilari mushtlashdi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida maktab o‘quvchilari janjallashdi. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Holat 23 may kuni soat 11:00 larda Chilonzor tumanida joylashgan maktablardan birining oldida yuz bergan. Unda 10-sinf o‘quvchilari — 2006 yilda tug‘ilgan A.X. va D.O‘. shu maktabning 9-sinf o‘quvchilari — 2007 yilda tug‘ilgan Sh.E. va I.T.lar bilan o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashgan. Janjal oqibatida Sh.E. va I.T.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, Sh.E. va I.T.larga sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика