Toshkent shahrida 25–26-iyun kunlari “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “Yangi nafas” marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Shahar hokimligining xabar qilishicha, bugun, 25-iyun kuni soat 18:00 dan 26-iyun kuni 10:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi–Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha bo‘lgan joyda transport vositalari harakati to‘xtatiladi.
Shuningdek, 26-iyun kuni soat 6:30 dan 9:00 gacha kuyidagi ko‘chalar yopiladi:
—Sharof Rashidov shoh ko‘chasi–Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
— Islom Karimov shoh ko‘chasi–Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.


