Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 16 may kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIIB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 19:00 larda Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida yuz bergan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. ishonch qog‘ozi asosida Matiz rusumli avtomashinada harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan.
YTH oqibatida 2011 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi E.Q. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.


