1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda mayning firma tashkil qilganlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentda mayning firma tashkil qilganlar ushlandi

Toshkent shahri va Xorazm viloyatida mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtiosodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Yangibozor tumani “YangiyopMFYdagi xonadonda yashovchi J.T. o‘z uyida 2 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 321 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 65,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика