Qayd etilishicha, bugun soat 17:17 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasidagi qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:24 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan maʼsullar chiqqan.
Hozircha aytilgan manzilda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan.


