Toshkentda 14 may kuni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Rejaga ko‘ra, ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.
Tadbir 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanib, start-finish nuqtasi “Humo arena” majmuasining oldidagi maydonga belgilangan. Poygalarga 14 may kuni 07:00 da start beriladi.
Rejaga ko‘ra, sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.
Musobaqa dasturi kengaytirildi va unga 3 ta masofa qo‘shildi:
yarim marafon – 21,1 km;
chorak marafon — 10,5 km;
3 kmga yugurish.
"Musobaqa kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar taʼlim muassasalarining 6 ta jamoasi kurash olib boradi", — deyiladi xabarda.
“Men g‘olib” musobaqasi anʼanaviy ravishda muhim davlat sanalari – Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligi hamda Xotira va qadrlash kunini nishonlashga bag‘ishlangan holda o‘tkaziladi.


