1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda metro harakati yana to‘xtab qoldi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt metrosida yana nosozliklar yuzaga kelgani — “Oybek” va “Toshkent” bekatlari oralig‘ida poyezdlar yarim soatcha to‘xtab qolgani haqida xabar tarqaldi.

Toshkentda metro harakati yana to‘xtab qoldi

 

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimi Ilhomjon Qosimov “Zamon.uz”ga maʼlumot berdi.

 

joriy yilning 28 avgust soat 14:35 atrofida “Oybek” bekatidan “Toshkent” bekatiga harakatlanayotgan elektropoyezd haydovchisi harakat tarkibidagi nosozlikni sezib, tegishli yo‘riqnomaga asosan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida elektropoyezdni to‘xtatgan.

 

Yo‘riqnomaga asosan ortidan kelgan harakat tarkibi yo‘lovchilarni “Oybek” bekatida tushurib, yordam tariqasida yuborilgan.

 

Nosoz elektropoyezd yo‘lovchilari “Toshkent” bekatiga tushurib, texnik ko‘rikka yuborilgan. Nosozlikni bartaraf etish vaqti 9 daqiqani tashkil etgan.

 

Toshkent metropoliteni keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi!

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi metro qurilishida 899 million so‘m talan-taroj qilingani hamda metrodagi tirbandliklarga tez orada barham berilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика