Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sud qarorlariga asosan, taʼminotchi korxonalar foydasiga kommunal qarzdorliklar hamda Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) foydasiga undiruvlar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning shu davri mobaynida boshqaruv servis kompaniyalar foydasiga oid jami 67 ming 515 ta 96 mlrd. so‘mlik kelib tushgan, shundan 60 630 ta ijro hujjatlari tamomlanib, 39,8 mlrd. so‘m qarzdorlik undirilgan.
Shuningdek, 2 106 nafar qarzdorlarga nisbatan 4,8 mlrd. so‘m miqdoridagi qarz summalarini undiruvi qarzdor fuqarolarning oylik ish haqlariga qaratilgan.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ish yurituvdagi “Hududgaz taʼminoti” AJ foydasiga 34.4 mlrd so‘mlik 10 768 ta ijro hujjati bo‘yicha ijrosi taʼminlangan.
Shuningdek, ish yurituvdagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga olib borilgan undiruv bilan bog‘liq ijro harakatlari davomida 41.1 mlrd. so‘mlik 596 ta ijro hujjatlarining ijrosi taʼminlangan.
Misol uchun, joriy yilning 22 noyabr kuni Byuroning markaziy apparat tarkibiy tarmoq rahbari, Toshkent shahar boshqarmasi tarkibiy tarmoq masʼul xodimlari hamda Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ishchi guruhlar tuzilib, Chilonzor tumani bo‘yicha Boshqaruv servis kompaniyalari, taʼminotchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda qarzdorlikni kamaytirish, isteʼmol madaniyatini oshirish, ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.


