1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 2 mlrd so‘mlik giyohvand modda musodara qilindi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda 3,7 kg giyohvand modda aniqlanib, savdosining oldi olindi.

Toshkentda 2 mlrd so‘mlik giyohvand modda musodara qilindi

 

Toshkent shahrining Yangi hayot tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida oshxona shkafi ichidan gugurt qutilariga joylangan jami 82 dona qadoq, shuningdek, ikki dona paketda o‘simliksimon modda aniqlangan.

 

Bundan tashqari, 60 dona kichik qadoq, muzlatkichning pastki qismidan esa paketlarga o‘ralgan 10 dona qora rangli va 90 dona skotch bo‘laklariga o‘ralgan qora modda topilgan. Shuningdek, ikki dona paket ichidan plastilinsimon, jigarrang va o‘tkir hidli modda ham aniqlangan.

 

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, gumonlanuvchi ushbu giyohvandlik vositalarini sotish maqsadida alohida qadoqlab, o‘z xonadonida tayyorlab kelgan.

 

Hodisa joyidan to‘rt dona tarozi, shuningdek, giyohvand moddalarni tayyorlashda foydalanilgan qozon va cho‘mich ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Barcha topilmalar belgilangan tartibda hujjatlashtirilib, ichki ishlar bo‘limining navbatchilik qismiga topshirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonadondan jami 3 kilogramm 755 gramm giyohvandlik vositalari aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 2 milliard 29 million so‘mga baholangan. Natijada aholiga tarqatilishi mumkin bo‘lgan 18 ming 755 dona qadoqdagi giyohvand moddaning oldi olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика