1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda mushuklar uchun “mehmonxona” ochildi

U ko‘ngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan qurilgan.

Toshkentda mushuklar uchun “mehmonxona” ochildi

 

Poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan “Vatan” mahallasida mushuklar uchun maxsus “mehmonxona” tashkil etildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur “mehmonxona” ko‘ngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan qurilgan. “O‘ziga xos „mehmonxona“ ko‘cha mushuklari uchun issiqqina boshpana vazifasini bajarib, yaqinlashib kelayotgan qish kunlarida joniga oro kiradi”, - deyiladi xabarda.

 

Mushuklar mehmonxonasi “Mushukkent” loyihasi va Toshkent shahar IIBB himoyasida bo‘lib, mahallada yashovchi bolalarni jonivorlarga mehrli bo‘lishga o‘rgatadi, - deya qayd etdi loyiha tashabbuskorlari.

 

“Mushukkent” loyihasida yozilishicha, boshpana xarajatlarini Go‘zal ismli ko‘ngilli o‘z bo‘yniga olgan. Endi u yerga kuzatuv kamerasini o‘rnatish haqida o‘ylanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика