Bugun, 30-avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida piyoda o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 01:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chasida 2000-yilda tug‘ilgan D. Ya. Neksiya–3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro A. P.ni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.


