Kecha, 27-avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 23:30 larda Yunusobod tumani Axmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Unda bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1992-yilda tug‘ilgan F. F. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasi hamda 1995-yilda T. A. boshqaruvidagi Neksiya avtomashinalari to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida tan jaroxat olganlar yo‘q. Ushbu YTH “Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi habarnoma” orqali rasmiylashtirilgan.


