Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Bekobod tumani “Farhod” MFY hududida navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum qazib olinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan o‘rganish olib borilganda, tabiatga 100 milliard 627 million 800 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi. Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Maʼlumot uchun, avvalroq Samarqandda aynan noqonuniy qum-shag‘al qazish bilan bog‘liq ikkita holatda tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi.


