1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda onasini o‘ldirgan erkak 15 yilga qamaldi

Tergov xulosalariga ko‘ra, ayol oilaviy kelishmovchilik sabab o‘ldirilgan.

Toshkentda onasini o‘ldirgan erkak 15 yilga qamaldi

 

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida keksa onasini o‘ldirganlikda ayblangan erkak ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi umumiy tartibli koloniyada 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, alkogolizmga qaramlikdan majburiy davolanish belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar sudi xabar berdi.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, jinoyat oilaviy mojaro zaminida sodir bo‘lgan. Ayol o‘g‘lining o‘z kvartirasini sotish va o‘g‘lining sobiq turmush o‘rtog‘i hamda qizi yashab turgan boshqa davlatga ko‘chib ketishiga qarshi chiqqan. Mojaro vaqtida sudlanuvchi mast holatda onasini bir necha bor urib-tepgan, uning bo‘yniga og‘ir jarohatlar yetkazgan. Natijada ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Tergov davomida sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, psixiatriya ekspertizasi, guvohlarning ko‘rsatmalari, jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijalari hamda ashyoviy dalillar to‘liq o‘rganilgan.

 

Sud majlisida sudlanuvchining qizi ular orasida avval jiddiy ziddiyatlar bo‘lmaganini bildirdi va yengilroq jazo so‘radi. Ayblanuvchining sobiq turmush o‘rtog‘i esa uning uzoq yillardan buyon alkogolga qaramlik bilan kurashib kelganini ta’kidladi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, erkak 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Shuningdek, unga alkogolga qaramlikdan majburiy davolanish chorasi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика