1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentda o‘quvchi tanishini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

Marhum uning telefonini olib qo‘yishga uringani sabab janjal yuzaga kelgan.

Toshkentda o‘quvchi tanishini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

 

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, mazkur holat joriy yilning 22 may kuni soat 23:30 atrofida Olmazor tumanida sodir bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, 2004 yilda tug‘ilgan bola (242-sonli maktab o‘quvchisi) uning Samsung telefonini olib qo‘yishga harakat qilgan tanishi bilan janjallashib, o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marotaba tan jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

 

Oqibatda olingan tan jarohatlari sabab jabrlanuvchi vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика