O'zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkentda otliq kavaleriya paradi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.
"Qadrli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari, 26-avgust kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan ‘Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!’ shiori ostida kuch tuzilmalari va O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamkorligida ‘Otliq kavaleriya paradi’ boʻlib oʻtadi", — deyiladi xabarda.
Otlar ishtirokidagi parad 26-avgust va 2-sentyabr kunlari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


