1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda o'zbek yigit xorijlik fuqaroga nosvoy chektirmoqchi bo'ldi

Holat yuzasidan shaxsga nisbatan MJtK asosida ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborildi.

Toshkentda o'zbek yigit xorijlik fuqaroga nosvoy chektirmoqchi bo'ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda chet el fuqarosiga nosvoy chekish taklif etilayotgan holat aks etgan video tarqalib, jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 25-yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bog‘laridan birida 2006-yilda tug‘ilgan M.K. chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilgan, shuningdek, uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan M.K. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика