1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda poyezdda “selfi” olmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

Uning tanasi 98 foiz kuygani aytilmoqda.

Toshkentda poyezdda “selfi” olmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

 

Toshkentda poyezd vagoni tomida “selfi” olmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.

 

Maʼlum qilinishicha, voqea 20 sentyabr kuni soat 19:05 da “Hamza” stansiyasida sodir bo‘lgan.

 

Yigit elektr toki urib, yerga yiqilgan va voqea joyiga yetib kelgan stansiya xodimlari uning yonib ketgan kiyimlarini o‘chirishgan. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tez yordam chaqirilgan.

 

Yigit tanasining 98 foizi tok urishi natijasida kuygani va hozirda ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика