Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar “Yangi Sergeli” ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida qalbaki 9 000 AQSH dollarini fuqaro B.Z.ga 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu holat yuzasidan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


